Mahsulot tavsifi: Oʻyinlar uchun yuqori unumdorlik va ish uchun ishonchlilik oʻrtasidagi mukammal muvozanatni qidiryapsizmi? Soʻnggi 13-avlod Intel Core i5 (13420H) protsessori hamda NVIDIA GeForce RTX 4060 (6 GB) videokartasi bazasida yaratilgan kuchli oʻyin noutbukini taqdim etamiz. Ushbu qurilma sifat va tezlikda cheklovlarga koʻnikmaganlar uchun moʻljallangan!
Asosiy afzalliklari:
- Intel Corei5-13400F protsessori — unumdor va energiyani tejovchi yadrolarning uygʻunligi ogʻir dasturlarda, dizayn, video montaj va koʻp vazifalilik (multitasking) rejimida chaqmoqdek tez ishlashni ta'minlaydi.
- NVIDIA GeForce RTX 2060 (6GB) videokartasi — nurlarni kuzatish (Ray Tracing) va DLSS 3 texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlashi har qanday zamonaviy oʻyinlarda maksimal FPS, silliq grafika va hayratlanarli darajadagi aniqlikni kafolatlaydi.
- 16 GB DDR4 tezkor xotirasi (RAM) — brauzerdagi oʻnlab varaqlar, oʻyinlar va ishchi ilovalar oʻrtasida hech qanday qotishlarsiz tezkor oʻtish imkonini beradi.
- Juda tezkor 1 TB (1000 GB) SSD — sekin yuklanishlarni unutib yuboring! Sevimli oʻyinlaringiz, filmlaringiz va ishchi loyihalaringizni saqlash uchun ulkan hudud hamda tizimning sanoqli sekundlarda darhol ishga tushishi.
Qaysi vazifalar uchun mos keladi?
- Geyming: Har qanday zamonaviy xit oʻyinlarni yuqori va ultra-grafika sozlamalarida maza qilib oʻynang.
- Ish va oʻqish: Loyihalash, dasturlash, ogʻir muhandislik va ofis dasturlari mukammal darajada ishlaydi.
- Ijodkorlik: 4K formatda video montaj qilish, 3D-modellashtirish (Blender, 3ds Max), fotosuratlarni qayta ishlash va grafik dizayn (Photoshop, Premiere Pro).