Rus va jahon adabiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan yozuvchi Fyodor Dostoevskiy nafaqat voqealar rivoji va odamlar taqdirini, balki jamiyat ma’naviy hayotining fojiali to‘qnashuvlarini ham to‘laqonli badiiy obrazlarda tasvirlashda nodir iste’dod egasi edi. U o‘z roman va hikoyalarida g‘oyalarning shiddatli kurashini, g‘oyalar va dunyoqarashlar to‘qnashuvini mahorat bilan tasvirlagan. Uning asarlari cheklangan tasvir uslubi bilan emas, balki sof dramatik janrlarga xos shiddat bilan ajralib turadi.
Bu kitobga kirgan dastlabki ikki asarida adib insonning ma’naviy holatini haqqoniy tasvirlaydi, shuning uchun muallifni RUH SAN’ATKORi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kitob oxiridagi maktublar yozuvchining ijodiy laboratoriyasi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladi!кин!

