Issiq bo'tqa yoki sho'rvani sovutish uchun uzoq vaqt puflashni unutishingiz mumkin! Filcha shaklidagi portativ bolalar shamollatgichi (kuleri) har qanday issiq ovqatni tez va xavfsiz ravishda kerakli haroratgacha sovutib beradi.
Qurilma tarelkaga yoki piyolaning chetiga oson va mustahkam o'rnatiladi, bu esa ota-onalar qo'lini bo'sh qoldiradi. Ushbu zamonaviy gadjet bolalarni ovqatlantirish va prikorm davrida eng yaqin yordamchingizga aylanadi.
Xususiyatlari:
* 3 xil tezlik rejimi: ovqat haroratiga qarab havo oqimini oson sozlash.
* USB orqali quvvatlanish: qulay USB zaryadlash va ichki akkumulyator.
* Xavfsiz material: oziq-ovqat uchun mo'ljallangan va xavfsiz plastmassadan tayyorlangan.
* Universal mahkamlagich: har qanday idish, tarelka yoki piyolaga osongina o'rnatiladi.
* Ixcham va yengil: maxsus ipi bilan sayr va yo'lga olib yurish uchun juda qulay.

