• kitoblar
Ertak qaysi xalqniki bo'lishidan qat'i nazar, asar yakunida kitobxon orzigib kutgan adolat g'alaba qozonadi. Asar qahramonlari o`z murod-maqsadlariga yetadilar va baxtiyor hayot kechira boshlaydilar. Shu sababli ham ertak qahramonlari bolalar qalbidan chuqur joy oladi. Ularda o'z ona Vataniga muhabbat, do'stlikka sadoqat, adolat uchun kurashish tuyg'ularini kuchaytiradi.

