"Urushning so‘nggi qurboni" hikoyasi bir oila hayoti misolida urush yillaridagi qashshoqlik, ochlik, ruhiy iztiroblar va oilaviy fojialarni ochib beradi. Muallif urushning dahshatli oqibatlarini shunday ta’sirli tasvirlaydiki, o‘quvchi urushning haqiqiy qurbonlari nafaqat frontda halok bo‘lganlar, balki uyda qolgan ota-onalar, ayollar va bolalar ekanligini his qiladi. Asarda insonparvarlik, mehr-oqibat, insof va sabr-toqat kabi yuksak qadriyatlar ulug‘lanadi. Hikoya voqealari o‘quvchini o‘ziga tortadi....

