• Yaxshilik → sinov ham bor
• Muvaffaqiyat → mas'uliyat yoki hasad ham bor
• Kuchli tomon → zaif tomonsiz bo'lmaydi
• Inson psixologiyasi, axloqi, yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va soya, adolat, haqiqiy qadriyatlar.
Oʻtkir Hoshimov - Nur borki soya bor
«Nur borki soya bor» romanida adib inson taqdiri, uning hayot va mamot o‘rtasidagi oniy lahzalik davr mobaynida boshidan kechirgan tuyg‘ularini yorqin bo‘yoqlarda tasvirlab bergan. Tiriklik atalmish daryo o‘zanida hamma qatori birdek oqish kerakmi yoki aksincha, oqimga qarshi suzib, haqiqat uchun kurashish kerakmi? Mana shunday savollarga javob topish mumkin bo‘lgan, ko‘ngilga yaqin bu asar sizni o‘ylashga, fikrlashga chorlaydi. Sherzod ham jurnalist, ham xalq dardi bilan yashaydigan, haqparastlikni o‘ziga shior qilib olgan yigit. Kitobni o‘qir ekansiz, bu yigitni yaxshi ko‘rib, uning dard-u o‘ylariga sherik bo‘lib, mutolaa zavqidan bahramand bo‘lasiz.

