"Odinaxon Muhammad Sodiq tashabbuslari bilan nashrga tayyorlangan, xalqimiz orasida ayollarimiz, ayniqsa, turli marosimlarda dinimiz arkonlarini yoyishda xizmat qilayotgan otinoyilar uchun maxsus qo‘llanmalar yana sotuvda.
Bu qo‘llanmalardan maqsad – Islom dinimizning asl ta’limotlarini, Qur’on va Sunnatni o‘rganib, amal qilish, jamiyatimizda, xususan ayollar orasida diniy savodxonlikni oshirish, ixtilof va firqachilikka barham berish, bid’at-xurofotlarni yo‘qotishdir.
To‘plamda 7 yo‘nalishdagi qo‘llanmalar: aqiyda, fiqh, hadis, Qur’on saboqlari, siyrat va janoza kitoblari jamlangan. Har birida shu masala bo‘yicha musulmon kishi bilishi kerak bo‘lgan asosiy masalalar yoritib berilgan."

