Mashhur rus yozuvchisi I.S.Turgenevning o'z davrida katta
shuhrat qozongan ushbu «Otalar va bolalar» romani rus adabi-
yotshunosligida yozuvchi ijodining cho'qqisi sifatida talqin etila-
di. Adib bosh qahramon Bazarov obrazida hurfikrlilik va yangilik
sari intilish kabi fazilatlarni asarning asosiy g'oyasi sifatida talqin
etadi. Kitobdagi voqealar o'sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni
shunchaki isloh etish emas, balki poydevorini tag-tugi bilan yo'q
qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko'rsatib beradi. Turgenev
Bazarovdagi nigilizmni (barcha narsalarni inkor qilish) tasvirlash
orqali rus yoshlariga xos xarakterni ham namoyon etgan. Kattalarni
hurmat, kichiklarni izzat qilishga o'rgatuvchi ushbu asar mutolaasi
kitobxonga zavq bag'ishlaydi, degan umiddamiz.

