Aziz kitobxon!
Kitoblar ko'p, nashriyot-u bosmaxonalar ham kam emas. Biror ijodkor o'z bitiklarini to'plab, istaganicha, istalgan vaqtda kitob shaklida o'quvchilari hukmiga havola etishi mumkin. Aynan shu holat o'quvchilardagi tanlash imkonini nihoyatda oshirib yubordi. Yaxshi kitob esa, doimgidek har kuni ham chop etilavermaydi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo'limi homiyligida chop etilayotgan mazkur to'plam Siz izlayotgan kitob bo'lsa, ajab emas. Zero, unda Toshkent vi- loyatida tug'ilib, kamol topayotgan yosh ijodkorning qalb kechinmalari, samimiy o'ylari, go'zal va beg'ubor orzulari uni qiynayotgan, o'ylantirayotgan masalalar qalamga olingan. Ularning barchasi yosh ijodkorning ilk mashqlarigina emas, balki dadil satrlari qatida Sizga guldasta sifatida taqdim etilmoqda. Yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash, ularga oq yo'l tilash maqsadida chop etilgan mazkur mo'jaz kitobcha

