Natali Lav kichik qishloqdan Londonga ko‘chib o‘tdi va muvaffaqiyatga erishdi: u mashhur teatrga rahbarlik qilmoqda, hatto Gollivudning asosiy yulduzlaridan biri Rayan Xarrisonni o‘z jamoasiga jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Natalining hayoti ishdan, yogaga mukkasidan ketgan yigitdan va doimo dono maslahatlari va ulkan kosa gulyash tayyor turgan g‘alati, jozibali buvisidan iborat.
Ammo o‘n besh yil oldin mehrob oldida tashlab ketgan sobiq qallig‘i Jeymi teatr ostonasida paydo bo‘lganda, hamma narsa o‘zgaradi. U West End shousida prodyuserlik qiladi va Rayan Xarrisonni o‘z tomoniga og‘dirishga urinayotganga o‘xshaydi! Ammo qahramonlarning hazil-mutoyibalari, ta’na-dashnomlari, kulgili to‘qnashuvlari ortida shunchaki raqobatdan ko‘ra ko‘proq narsa yashiringan bo‘lsa-chi?

