Ebbi va Oz talabalik paytlarida tanishgan edilar. Ular turli tabaqadan edi, munosabatlari nomaqbul tuyulardi, ammo bu katta va sof muhabbatga to‘sqinlik qilmadi. Keyin esa Oz o‘z vatani Istanbulga qaytishga majbur bo‘ldi va ularning har biri o‘z hayoti bilan yashay boshladi.
Endi Ebbi boshqa erkakni sevib qolgan va u bilan umrining oxirigacha birga bo‘lishni orzu qiladi. Ozni yana uchratmaguncha. Ularni bir-biriga bo‘lgan muhabbat kuchli, ammo har birining o‘z majburiyatlari, ishi va oilasi bor.
Bu tasodifiy uchrashuv hamma narsani o‘zgartirib yuborishi mumkin.

