• Sana: 2018 yil
• Sahifalar: 56
• Muqovasi: yumshoq
«Osonlashtirilgan tajvid qoidalari»
(boshlovchilar uchun savol-javob uslubida)
Bismillahir Rohmanir Rohiym
«Qur’onni tartil bilan tilovat qil» deb buyurgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin.
«Yaxshilaringiz – Qur’onni o‘rganganlaringiz va uni o‘rgatganlaringizdir» degan Nabiyimiz va Rasulimizga salovotu salomlar bo‘lsin.
Alloh taoloning fazli va tavfiqi bilan ushbu hajmi kichik, ammo foydasi ulug‘ tajvid kitobini tarjima qilishga kirishdik. Kitobning muallifi shayx Yahyo G‘avsoniy hafizahulloh bilan bog‘lanib, u kishidan tarjimaga ruxsat so‘radik. Muallifning roziligi hamda duolarini olib, ish boshladik. Kitob boshlovchilarga mo‘ljallangani uchun, manfaati ko‘proq bo‘lsin degan niyatda erkin va sodda tilda tarjima qilindi.
Robbim ushbu kamtarona mehnatni Qur’onga xizmat sifatida qabul qilib, savoblarini ko‘paytirib berishidan umidvorman. Kitobni o‘qib, o‘rganib, undan manfaatdor bo‘lgan muhtaram ¬kitobxonlardan bizdan o‘tgan azizlarimizni, xususan, bobomiz shayx Ismoil Maxdum hazratlari hamda ustozimiz shayx ¬Muhammad ¬Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini duolarda eslashlarini iltimos qilamiz.
Tarjimon

