Qur’onni tartil bilan tilovat qil» deb buyurgan Alloh taologa hamd-u sanolar bo‘lsin.
«Yaxshilaringiz – Qur’onni o‘rganganlaringiz va uni o‘rgatganlaringizdir» degan Nabiyimiz va Rasulimizga salovotu salomlar bo‘lsin.
Alloh taoloning fazli va tavfiqi bilan ushbu hajmi kichik, ammo foydasi ulug‘ tajvid kitobini tarjima qilishga kirishdik. Kitobning muallifi shayx Yahyo G‘avsoniy hafizahulloh bilan bog‘lanib, u kishidan tarjimaga ruxsat so‘radik. Muallifning roziligi hamda duolarini olib, ish boshladik. Kitob boshlovchilarga mo‘ljallangani uchun, manfaati ko‘proq bo‘lsin degan niyatda erkin va sodda tilda tarjima qilindi.

