"O‘zbekiston Respublikasi davlat va huquq asoslari" — umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar o‘quvchilari, shuningdek, huquq asoslarini o‘rganayotgan barcha shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmasidir. Kitobda davlat va huquqqa oid asosiy tushunchalar, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, fuqarolarning huquq, erkinlik va majburiyatlari, shuningdek, davlat hokimiyati organlari tizimi hamda qonun ustuvorligiga asoslangan davlat faoliyatini belgilovchi tamoyillar yoritib berilgan.

