"Davlat va huquq asoslari. 11-sinf" umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, davlat va huquq kursini o‘rganishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Unda huquqning asosiy sohalari, huquqiy davlat tamoyillari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, xalqaro huquq, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

