"Davlat va huquq asoslari. 10-sinf" umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlati, huquqi va huquqiy tizimi asoslarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Unda davlat va huquq nazariyasining asosiy tushunchalari, konstitutsiyaviy tuzum tamoyillari, qonunchilik tizimi, huquqiy munosabatlar, shuningdek, davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.

