• Muallif: Xadicha Kubro Tongar
• Janr: Psixologiya/ Farzand tarbiyasi
• ISBN: 978-9910-8546-1-3
• Tili: O‘zbekcha
• Yozuvi: Lotincha
• Betlar soni: 112
• Muqova turi: yumshoq
• Nashriyot: "IQRO NASHR"
• Chop etilgan yili: 2026
• O‘lchami: 13×20 sm
O‘tib ketadi, demang! O‘smirlik — eng e’tibortalab davr!
“O‘smir yigitning ulg‘ayish yo‘li” — balog‘at yoshiga kirayotgan o‘g‘il bolalar uchun yozilgan zamonaviy tarbiyaviy qo‘llanma. Kitob o‘smirlik davrida yuz beradigan jismoniy va ruhiy o‘zgarishlarni sodda, tushunarli va yoshga mos uslubda izohlaydi. Unda o‘smirlarni qiynaydigan, ammo ko‘pincha ochiq gapirilmaydigan savollarga muloyim va ishonchli javoblar berilgan.
Kitobning asosiy afzalliklaridan biri — murakkab mavzularni qo‘rqitishsiz, uyat hissini kuchaytirmasdan va ortiqcha nasihatsiz tushuntira olganidadir. Muallif o‘smirning ichki dunyosini tushunishga harakat qiladi va uni sog‘lom fikrlash, mas’uliyat, odob, mustaqillik va o‘zini hurmat qilish sari yo‘naltiradi. Kitob nafaqat o‘smir yigitlar, balki farzandi bilan ishonchli muloqot qurishni istagan ota-onalar uchun ham foydali manba bo‘la oladi. Ayniqsa 11–16 yosh oralig‘idagi o‘smirlar uchun tavsiya etiladi.
🌱 Bu kitob shunchaki ma’lumot bermaydi, balki o‘smirlarga xos eng nozik masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tiladi.
Xususan:
• Tanadagi o‘zgarishlar: tuklar, husnbuzarlar, soqol;
• Nozik masalalar: o‘g‘il bolalarda ehtilom bo‘lish;
• Ovoz tonining o‘zgarishi;
• Tartib-intizom, qaramlik kabi mavzularga alohida va sodda tilda yondashilgan.

