• Nomi: Bolalik jarohatlarining parchalari
• Muallif: Donna Jekson Nakazava
• Janri: Psixologiya, sog‘liq, shaxsiy rivojlanish
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:278
Kitobning asosiy afzalligi — ilmiy asoslangan va bir vaqtning o‘zida sodda tilda yozilganidir. Donna Jekson Nakazava bolalikdagi og‘riqli voqealar qanday qilib immunitet, stress darajasi va yurak-qon tomir tizimiga ta’sir qilishini ochib beradi. O‘quvchi oddiy misollar va tadqiqotlar orqali o‘z hayotidagi muammolar ildizini ko‘ra oladi. Kitob nafaqat muammoni ko‘rsatadi, balki uni yengib o‘tish uchun amaliy qadamlarni ham taklif qiladi. Bu asar inson o‘zini tushunishi, ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ini yaxshilashi uchun muhim manba hisoblanadi. Psixologiyaga qiziqqanlar, shaxsiy rivojlanishga intilganlar hamda o‘z hayotida muvozanat topishni xohlaganlar uchun ayni muddao.

