Osiyo Keniya granulali qora choyi Keniyaning 1500-1700 metr balandlikdagi tog’larida joylashgan choy plantatsiyalarida yetishtiriladi. Keniya tog’larida o’sadigan choylar ekologik tozaligi va foidali moddalarga boyligi bilan ajralib turadi.
Plantatsiyalarda to'plangan choy barglari maydalanadi, siqiladi va granulalanadi. Shunda choyning tabiiy sharbati saqlanib qoladi va damlash paytida ajraladi, buning natijasida ichimlik yuqori quvvatli va to'yingan rangli bo’ladi. Osiyo Keniya choyi damlanganda betakror qizg’ish rangga kirib, xushbo’y va kuchli ta'mga ega bo’ladi.

