• Issiqqa chidamli – 240°C gacha bardosh beradi, kuyishdan himoya qiladi
• Silikon material – sirpanmaydi, mustahkam va egiluvchan
• Suv o‘tkazmaydi – bug‘, yog‘ va qaynoq suvdан himoya
• Qulay va yumshoq – ichki qismi paxtali, qo‘lni charchatmaydi
• Amaliy to‘plam – 2 dona qo‘lqop, pech va oshxona uchun mos
Silikon oshxona qo‘lqoplari – kundalik ovqat tayyorlashda qo‘llaringizni issiqdan ishonchli himoya qiladigan qulay va zamonaviy yechim. Ushbu qo‘lqoplar 240°C gacha issiqqa chidamli bo‘lib, pech, skovorodka, qozon va issiq idishlar bilan ishlashda kuyishdan saqlaydi.
Mahsulot yuqori sifatli silikon materialdan tayyorlangan, u sirpanmaydi va idishlarni mahkam ushlash imkonini beradi. Suv o‘tkazmaydigan tuzilishi tufayli qaynoq suv, yog‘ yoki bug‘ qo‘llarga zarar yetkazmaydi. Ichki qismi yumshoq paxtali astar bilan qoplangan bo‘lib, qo‘lga yoqimli va qulay.
Qo‘lqop egiluvchan, mustahkam va deformatsiyaga uchramaydi, uzoq muddat foydalanish uchun mo‘ljallangan. Tozalash juda oson – oddiy suv ostida yuvish yoki nam mato bilan artish kifoya. Ilgagi mavjud bo‘lib, oshxonada osib qo‘yish qulay.
To‘plamda 2 dona silikon qo‘lqop mavjud. Uy oshxonasi, restoran, qandolatchilik va kundalik foydalanish uchun juda mos. Amaliy, xavfsiz va ishonchli oshxona anjomi qidirayotganlar uchun a’lo tanlov.

