AHMA oshxona yuvish vositasi oshxona stoleshnitsalari, plitalar, moykalar, kafel, mebel fasadlari va boshqa yuviladigan yuzalarni har kuni tozalash uchun mo‘ljallangan. U oshxona plitalari, ovqat tayyorlash yuzalari, grillar, tovalar, qozonlar, duxovka listlari va mikroto‘lqinli pechlarni yog‘, kuygan dog‘lar hamda boshqa iflosliklardan samarali tozalaydi.
Vosita tarkibida abraziv moddalar mavjud emas, shuning uchun yuzalarni ehtiyotkorlik bilan tozalaydi va ularni tirnamaydi. Antibakterial xususiyatga ega bo‘lib, noxush hidlarni bartaraf etishga yordam beradi. Suv bilan oson yuviladi va iz qoldirmaydi. Triggerli purkagich tufayli vosita yuzaga bir tekis sepiladi, bu esa uni qulay va tejamkor qo‘llash imkonini beradi.
Qo‘llash usuli: purkagich uchini shunday buringki, SPRAY (“purkash”) yoki STREAM (“oqim”) belgisi yuqori tomonda tursin. Vositani ifloslangan yuzaga seping, 5–10 daqiqa qoldiring, so‘ng nam latta yoki gubka bilan artib tozalang. Zarurat bo‘lsa, tozalashdan keyin suv bilan chaying.
Tarkibi: 15% dan kam anion va noanion PAVlar, organik erituvchi, limon kislotasi, kompleks hosil qiluvchi moddalar, natriy gidroksidi, konservantlar, funksional qo‘shimchalar, xushbo‘y moddalar.
Saqlash sharoitlari: quruq joyda, 0°C dan +25°C gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Ehtiyot choralari: bolalar va hayvonlardan yiroq saqlansin. Oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida saqlansin. Vosita bug‘ini nafas orqali yutib yubormang. Ishlatgandan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuving. Ko‘zga tushishidan saqlaning. Ko‘zga tushib qolsa, darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yaxshilab chaying.

