• Xlor va ohakli cho‘kma (quyqa)ni, 100% bakteriya va viruslarni, zangni, og‘ir metallarni, neft mahsulotlarini, pestitsidlarni, nitrat va nitritlarni, fenollar hamda xlororganik birikmalarni samarali ravishda yo‘q qiladi.
• Suvni yanada chuqur va samarali tozalash uchun 4 bosqichli filtratsiya tizimi.
• Suv tarmog‘iga alohida ulanish krani
• Suvni tez va samarali tozalash: soatiga 7,9 litr.
• O‘lchamlari: 37 × 19 × 42 sm
• Aquaphor asl mahsuloti, 12 oylik kafolat
• Suv ta’minoti tarmog‘idagi bosim — kamida 0,2 MPa (2,5 atm)
• Suv ta’minoti tarmog‘idagi bosim — ko‘pi bilan 0,63 MPa (6,5 atm)
• hajmi: 5 L
Uyingizda ichimlik suvi uchun mini-zavod
DWM-101S teskari osmos tizimi — katta oila uchun mo‘ljallangan ichimlik suvi mini-zavodi.
Allergiyaga chalinganlar, hazmi sezgir odamlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mutlaq xavfsiz.
Ichimlik suvi avtomati Aquaphor DWM-101S suvning qattiqligini — ya’ni ohak (nakip) paydo bo‘lishining asosiy sababini va vodoprovod suvidagi barcha aralashmalarni, jumladan bakteriyalar, parazitlar va viruslarni to‘liq yo‘q qiladi. U klassik teskari osmos filtrlariga nisbatan ixchamroq va tejamkorroq. Rakvina ostiga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan ushbu suv filtri krandan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori sifatli suv filtrlashni kafolatlaydi. Qadoqlangan suv sotib olishdagi noqulayliklarni unuting va oshxonangizda toza hamda tiniq suvdan bahramand bo‘ling.
Hurmatli xaridorlar, e’tiboringizni shunga qaratamizki, teskari osmos tizimining ishonchli ishlashi uchun
Suv ta’minoti tarmog‘idagi minimal bosim kamida 2,5 atm bo‘lishi kerak.
Suv ta’minoti tarmog‘idagi maksimal bosim 6,5 atm dan oshmasligi lozim.
Teskari osmos membranasining maksimal unumdorligi (suv harorati +25 °C va bosim 0,4 MPa (4,1 atm) bo‘lganda) — 7,8 l/soat.

