Amerikalik yozuvchi Sidni Sheldon 1917-yilda Chikago shahrida tug‘ilgan.
Ikkinchi jahon urushidan avvaloq u Gollivudda kinossenariy muallifi sifatida shuhrat qozongan. Urush yillarida S. Sheldon AQSh Harbiy-havo kuchlari uchuvchisi sifatida jangovar harakatlarda qatnashgan. Urushdan so‘ng u kino sohasidagi faoliyatini davom ettirgan. U yozgan olti pyesa Brodvey teatrlarining repertuaridan joy olib, katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.
1963-yilda yozuvchi ABC korporatsiyasi bilan hamkorlikni boshladi va ikki yuzdan ortiq televizion ssenariylar yaratdi. Biroq S. Sheldonga jahon miqyosidagi mashhurlikni aynan uning kitoblari olib keldi. Uning asarlari yuz saksondan ortiq mamlakatlarda chop etilib, ellikdan ziyod tillarga tarjima qilingan.
Yozuvchining ellikdan ortiq o‘tkir syujetli asarlari orasida «Yarim tunning orqa tomoni», «Qonli iz», «Farishtalar g‘azabi», «Ko‘zgudagi darbadar», «Tong, kun, tun» romanlari alohida o‘rin tutadi. S. Sheldon ko‘plab nufuzli adabiy va kinematografik mukofotlar, jumladan Edgar Po nomidagi mukofot va «Oskar» mukofoti sohibi bo‘lgan.
Yozuvchi umrining oxirigacha ijod bilan faol shug‘ullangan.
Sidni Sheldon 2007-yil yanvar oyida 90 yoshida vafot etgan.

