«Ortiqcha uning o‘yinida» — Alyona Filipenkoning ulg‘ayish, do‘stlik, oilaviy munosabatlar va boshqa insonning hayotini yashashga urinish haqida yozilgan zamonaviy romani.
Danya va Yaroslav sinfdosh va qo‘shnilar, ammo ularning hayoti bir-biridan keskin farq qiladi. Danya o‘n to‘rt yoshidan boshlab ishlashga majbur bo‘ladi va o‘zini keraksiz his qiladigan oilasidan ketishni orzu qiladi. Yaroslav esa farovon oilada yashaydi, do‘stlari bilan vaqt o‘tkazishni va graffiti chizishni yaxshi ko‘radi.
Danya Yaroslavning hayotiga havas qiladi va uning o‘rnini egallashga qaror qiladi. Shu tariqa ikki xil hayotga ega bo‘lgan ikki o‘smirning ta’sirchan hikoyasi boshlanadi.

