• Jigar faoliyatini normallashtiradi, oqsillarni so'rilishini yaxshilaydi, Har xil turdagi zaharlanishdan so'ng jigar faoliyatini tiklashda (masalan, spirtli ichimliklar, qo'ziqorinlar, toksik mahsulotlar va boshqalar)
• giperammonemiya bilan kechadigan o'tkir va surunkali jigar kasalliklari
Tarkibi
5 g granula (1 paketcha) quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: L-ornitin-L-aspartat 3 g
Yordamchi moddalar: inulin, limon kislotasi, apelsin aromatizatori, natriy saxarinat (natriy saxarin), natriy siklomat, “sunset” sarig'i, fruktoza (levuloza).
Farmakologik ta’siri
Bu detoksikatsiya qiluvchi ta’sirga ega bo'lib, jigar kasalliklari paytida organizmdagi ammiakning yuqori darajasini pasaytiradi. Preparatning ta’siri uning ornitin Krebs karbamid siklida ishtirok etishi bilan bog'liq (siklni faollashtiradi, jigar hujayralari fermentlari - ornitin karbamoiltransferaza va karbamoilfosfat sintetaza faolligini tiklaydi), Ornibest biologik faol qo'shimcha (BFQ) bu dori vositasi xisoblanmaydi.
Insulin va o'sish gormoni ishlab chiqarishni rag'batlantiradi.
Parenteral oziqlantirishni talab qiladigan kasalliklarda oqsil almashinuvini yaxshilaydi.
Astenik, dispeptik va og'riq sindromlarini kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, ortib borayotgan tana vaznini normalizatsiya qiladi (steatoz va steatohepatitlarda). Ornibest biologik faol qo'shimcha (BFQ) bu dori vositasi xisoblanmaydi.
Qo'llanilishi
Ornibest quyidagi hollarda inson salomatligini yaxshilash uchun tafvsiya etiladi.
• giperammonemiya bilan kechadigan o'tkir va surunkali jigar kasalliklari;
• jigar ensefalopatiyasi (latent yoki yaqqol);
• Jigar faoliyatini normallashtiradi, oqsillarni so'rilishini yaxshilaydi;
• Har xil turdagi zaharlanishdan so'ng jigar faoliyatini tiklashda (masalan, spirtli ichimliklar, qo'ziqorinlar, toksik mahsulotlar va boshqalar); Ornibest biologik faol qo'shimcha (BFQ) bu dori vositasi xisoblanmaydi.
Qo'llash tartibi
Preparat og'iz orqali qabul qilinadi, 1-2 paket, 200 ml suyuqlikda eritiladi, kuniga 3 marta, ovqatdan keyin.
Kursning davomiyligi va qabul qilish dozalari bemorning holatiga ko'ra mutaxassis tomonidan o'zgartirilishi mumkin.
Nojo'ya ta’siri
Ovqat hazm qilish tizimida: kamdan-kam hollarda - ko'ngil aynishi, qayt qilish, qorin og'rig'i, meteorizm, diareya.
Mushak-skelet tizimida: juda kamdan-kam hollarda – oyoq qo'llarda og'riq.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
• og'ir buyrak yetishmovchiligi;
• laktatsiya davri;
• preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik paytida preparatni ehtiyotkorlik bilan tafvsiya qilish kerak.
Ornibest preparatini saqlash shartlari.
Preparatni bolalar qo'li yetmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlash kerak.
Yaroqlilik muddati - 24 oy.
Mahsulot sertifikatlangan.
Berilish shakli. Retseptsiz beriladi.
5 g - paketchalar (30) foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar bilan birga karton qutiga qadoqlangan BFQ.

