ORNAMENTO 329 — milliy naqshli keramik kafel
ORNAMENTO 329 — sharqona va milliy uslubdagi nafis naqshlar bilan bezatilgan dekorativ keramik kafel. Ko‘k, havorang, oq va oltin-jigarrang ranglarning uyg‘unligi interyer va eksteryerga o‘ziga xos, chiroyli ko‘rinish beradi.
Kafel masjidlar, tahoratxonalar, fasadlar, devorlar, kirish qismlari va turli interyer bezaklari uchun mos keladi. Milliy va sharqona dizayndagi joylarni bezatishda ayniqsa chiroyli ko‘rinadi.
Asosiy xususiyatlari:
- Model: 329
- O‘lchami: 300 × 300 mm (30 × 30 sm)
- 1 dona kafel maydoni: 0,09 m²
- Material: keramogranit
- Dizayn: milliy va sharqona ornament
- Silliq yuzasi parvarish qilish va tozalash uchun qulay
- Namlik mavjud bo‘lgan joylarda foydalanish uchun mos
- Ichki va tashqi bezak ishlarida qo‘llash mumkin
Qo‘shimcha ma’lumotlar
📦 Qadoqlanishi:
Bir qadoqda 11 dona kafel mavjud.
Umumiy maydoni — 0,99 m² (taxminan 1 m²).
Mahsulot tashish vaqtida shikastlanmasligi uchun sifatli, mustahkam po‘kakli karobkaga qadoqlangan.
🛒 Nega Uzum Market orqali xarid qilish qulay?
— Bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.
— Buyurtmani qulay tarzda rasmiylashtirish mumkin.
— Yetkazib berish xizmati mavjud.
🚚 Yetkazib berish:
— Toshkent shahri bo‘ylab yetkazib berish mavjud.
— Viloyatlarga buyurtmalar kelishilgan holda pitak (viloyat taksilari)gacha olib chiqib beriladi. Pitakdan viloyatgacha yetkazib berish xarajatlari xaridor tomonidan to‘lanadi.
📌 Buyurtma berishdan oldin kerakli kvadrat metr miqdorini hisoblab, shunga mos qadoqlar sonini tanlashingizni tavsiya qilamiz.
ORNAMENTO milliy me’morchilik an’analarini zamonaviy bezak bilan uyg‘unlashtirib, binoga nafis va o‘ziga xos ko‘rinish beradi.

