O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan ijod maydonida o'zining munosib so'zini aytib kelayotgan, o'z o'quvchilarini topayotgan yoshlar ko'p. Endilikda Zomin seminarida ishtirok etib, ilk kitobi nashr etilgan yoshlarning davomli ijodi "Ikkinchi kitobim" loyihasida chop etilishi rejalashtirildi. Qo'lingizdagi kitob iste'dodli yosh ijodkorning ikkinchi kitobidir.
Ijodi e'tirof qilingan ijodkorga oydin yo'l tilaymiz. To'plam Siz - she'riyat muxlislariga manzur boʻladi, deb o'ylaymiz.

