Organizmda yod tanqisligi - zamonaviy odamning eng oʻtkir muammolaridan biridir. Bugungi kunga kelib dunyoda ushbu foydali mikroelementning yetishmovchiligi boʻlgan 1,5 mlrd odamni tashkil qilmoqda. Bunda koʻpchilik hattoki bu haqda shubhaga ham bormaydi, sirqovlanish va serzardalikni charchoqlik va yomon kayfiyatga yoʻyadi.
Yod tanqisligining bosh sabablari boʻlib notoʻgʻri oziqlanish va yod yoʻqotilishini orttiruvchi zararli odatlar hisoblanadi. Organizmda mikroelementning yetishmovchiligi nafaqat yuqori charchoqlikni, serjahllikni va boshqa simptomlarni, balki ichki organlarning ancha jiddiy buzilishlarini ham tugʻdiradi.
Gap shundaki, yod butun organizmning ishini tartibga soluvchi qalqonsimon bezning gormonlari tarkibiga kiradi. Qalqonsimon bez jismoniy va aqliy faollikni ragʻbatlantiradi, metabolizmni, oʻsish. yangilanish va tiklanish jarayonlarini meʼyorlashtiradi.
Yod faol oʻsish davrida bolalar va oʻsmirlar uchun, hamda ratsionida dengiz mahsulotlari tanqisligi boʻlgan odamlar uchun ayniqsa muhimdir.
Siberian Wellnessdan energiya va hayotiy tonus formulasi: organik yod va tabiiy adaptogen qalqonsimon bezning toʻgʻri ishini qoʻllab turishda yordam beradi, atrof-muhitning nojoʻya omillariga turgʻunlikni oshiradi va tetiklik bilan quvvatlantiradi.

