"Organik kimyo" darsligi umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar ta'limi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2022-yilgi o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Darslikda organik kimyoning nazariy asoslari, uglevodorodlar, kislorodli va azotli organik birikmalar, ularning tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari, olinishi, qo‘llanilishi hamda laboratoriya ishlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, mavzularni mustahkamlash uchun amaliy mashqlar, masalalar va test topshiriqlari keltirilgan.

