"Organik kimyo 10-sinf" darsligi umumta'lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2017-yilgi o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Darslikda organik kimyoning nazariy asoslari, uglevodorodlar, ularning tuzilishi va xossalari, organik birikmalarning asosiy sinflari, kimyoviy reaksiyalar, laboratoriya ishlari hamda amaliy mashqlar batafsil va tushunarli tarzda yoritilgan.

