• Sahifalar soni: 288
Ushbu mashq kitobida berilgan topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchining fan bo‘yicha egallagan bilimlarini baholashda juda katta yordam beradi. Ananaviy test topshiriqlaridan farqli ravishda mashq kitobidagi topshiriqlarni bajarish davomida o‘quvchi topshiriqlar yechimini bevosita kitobni o‘ziga yozadi. Ananaviy test topshiriqlarida faqat bitta to‘g‘ri javob bo‘lsa, mashq kitobidagi topshiriqlarning juda ko‘pida javoblar turlicha bo‘lishi mumkin. Bu orqali o‘quvchining fikrlash qolilyatini ham rivojlantishga katta yordam beradi. Shu orqali o‘qituvchi har bir o‘quvchining fikrlash qobilyati va kamchiliklarini aniqlay olishi oson bo‘ladi.
Ushbu kitob ORGANIK KIMYO fanidan MILLIY SERTIFIKAT, BMBA imtihonlariga tayyorlanuvchi o‘quvchilar, abituriyentlar, o‘qituvchilar va shu fanga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda 14 ta mavzular asosida shakllantirilgan savol va topshiriqlar keltirilgan. Har bir mavzuda Bilimni Baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan sertifikatlash va oliy ta’limga kirish imtihonlarida foydalanilgan testlarga o‘xshash topshiriqlar berilgan. Har bir topshiriq alohida – alohida bir necha qismlarga ega bo‘lgan topshiriqlardan iborat.

