ORGANIC LIVING Oud Oasis — kundalik kir yuvish uchun konsentrlangan varaqlar.
Kukun va gel oʻrniga qulay, ixcham va toza yechim.
Bitta varaq suvda — hatto sovuq suvda ham — tez eriydi. Bir quti 80 tagacha yuvishga yetadi.
Afzalliklari · Oʻsimlik asosidagi yuvish komponentlari · Fosfat, xlor, paraben va optik oqartirgichsiz · Bolalar kiyimlari, nozik matolar va sezgir teri uchun mos · Oʻlchash shart emas, toʻkilmaydi va oqmaydi · Ixcham karton qadoq — plastik idishsiz · Hayvonlar ustida sinovdan oʻtkazilmagan (cruelty-free) · Dubai Municipality laboratoriyasida test qilingan
Qoʻllanilishi — kir yuvish mashinasi · 3 kg gacha yuklama — 1 varaq · 3–6 kg yuklama — 1,5–2 varaq · Varaqni bevosita barabanga joylashtiring, keyin kirni soling va odatdagi rejimni tanlang
Qoʻllanilishi — qoʻlda yuvish · 1/2 yoki 1 varaqni 3–5 litr suvga soling · Toʻliq erigach, kiyimlaringizni odatdagidek yuving
Foydali maslahatlar · Qadoqni quruq va quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlang · Quritish mashinasida ishlatilmaydi · Varaqni suvda eritib, mebel, pol va bolalar oʻrindiqlarini artish uchun ham ishlatish mumkin
Muhim Bu vosita kundalik yuvish uchun moʻljallangan. Juda ogʻir, yogʻli yoki texnik dogʻlar (masalan, motor moyi) uchun emas.
Tarkibi Sodium Coco Sulfate (kokosdan olingan natriy sulfat), Polyvinyl Alcohol (polivinil spirti), Fatty Alcohol Polyglycol Ether (yogʻli spirtning poliglikol efiri), Decyl Glucoside (detsil glukozid), Agarwood (Oud) Oil (ud yogʻi), lipaza, suv.
Tarkibida yoʻq: fosfatlar, xlor, parabenlar, optik oqartiruvchilar, plastik.
Qadoq: 80 dona varaq, karton quti.
Eslatma: quti ustidagi yozuv ingliz va arab tillarida. Toʻliq oʻzbekcha koʻrsatma shu tavsifda berilgan.
ORGANIC LIVING — Oʻzbekistondagi birinchi refill tizimi, Eco Startup Competition Central Asia gʻolibi.

