Organayzerli stol chirog‘i kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan funksional LED yoritish moslamasidir. Chiroq egiluvchan ustun bilan jihozlangan bo‘lib, yorug‘lik yo‘nalishini kerakli tomonga sozlash imkonini beradi.
Asosiy yoritish qismi 3 ta yorug‘lik rejimiga ega: sovuq, neytral va iliq yorug‘lik. Rejimlar o‘qish, ishlash yoki dam olish uchun moslashtirilgan. Yorqinlik sensorli boshqaruv orqali sozlanadi. Asosiy sensorli tugmani bosib turish orqali yorqinlikni oshirish yoki kamaytirish mumkin. Shu tugma yordamida chiroqni yoqish, o‘chirish va yorug‘lik rejimlarini almashtirish ham amalga oshiriladi.
Chiroq tag qismida alohida tungi chiroq (night light) joylashgan. Tungi chiroq uchun ikkinchi sensorli tugma mavjud bo‘lib, u tungi yoritishni mustaqil ravishda yoqish va o‘chirish uchun xizmat qiladi.
Asos qismida joylashgan organayzer ruchka, qalam, qaychi va boshqa mayda buyumlarni tartibli saqlash imkonini beradi. Organayzer ish stolida tartibni saqlashga yordam beradi.
Qurilma LED texnologiyasi asosida ishlaydi, energiya tejamkor va uzoq muddatli foydalanish uchun mo‘ljallangan. Chiroq ichki akkumulyator bilan ishlaydi va doimiy tokka ulangan holda foydalanishni talab qilmaydi.

