Kitob haqida:
O'rdakburun. Bu hayvon haqida eshitganmisiz?
U qanaqa bo'ladi, nimaga o'xshaydi?
Ushbu kitobchadagi o'rdakburun do'stlari bilan miriqib o'ynamoqchi edi, lekin ular buni istamadi. Qiziq, do'st bo'lish uchun bir-birlariga o'xshashlari kerakmi?
Yoki do'stlikning boshqa shartlari ham bormi?
Hikoyani o'qish davomida yuqoridagi savollarga javob topasiz.
O'ylab ko'ring, balki yaxshilik bir kun kelib sizni qahramonga aylantirishi mumkindir?

