Orage Louis Vuitton — erkaklar uchun mo‘ljallangan yog‘ochsimon yo‘nalishdagi atir. 2018-yilda taqdim etilgan.
Parfyumer: Jacques Cavallier Belletrud
Atir piramidasi:
Yuqori notalar: Bergamot va Greypfrut.
Yurak notalari: Hedione, Iris va Qalampir.
Asosiy notalar: Yava vetiveri moyi, Paçuli, Iso E Super va Oq mushk.
Orage Louis Vuitton — kuch, nafislik va zamonaviy erkaklikni o‘zida mujassam etgan kompozitsiya. Yangi sitrus ohanglari, nafis ziravorlar va chuqur yog‘ochsimon notalar uyg‘unligi uni kundalik foydalanish hamda biznes uchrashuvlari uchun ajoyib tanlovga aylantiradi.



