Ushbu mahsulotimiz maktablar, kollejlar, oliy ta’lim muassasalari, o‘quv markazlari hamda boshqa ta’lim maskanlari uchun mo‘ljallangan. Stul qulay, mustahkam va kundalik foydalanishga chidamli bo‘lib, o‘quv jarayonida ergonomik va tartibli muhit yaratishga yordam beradi. Stul karkasi diametri 21 mm, devor qalinligi 1,8 mm bo‘lgan mebel quvuridan tayyorlangan. Karkas yuzasiga elektrostatik polimer-kukunli bo‘yoq qoplamasi berilgan bo‘lib, bu mahsulotning tashqi ko‘rinishini chiroyli saqlash va uzoq muddat xizmat qilishiga yordam beradi. Profil uchlari polietilen rezina yopgichlar bilan yopilgan.
O‘rindiq va suyanchiq qismi faneradan tayyorlangan bo‘lib, dekorativ plastik qoplama bilan qoplangan. Suyanchiq qismida maxsus tutqich uchun teshik mavjud bo‘lib, u stulni ko‘tarib yurish uchun qulaylik yaratadi. Shu bilan birga, ushbu qismga sumka yoki ryukzak osib qo‘yish ham mumkin.
Texnik xususiyatlari:
Mahsulot turi: o‘quv stuli
O‘rindiq turi: ko'p qavatli yelimlangan, egilgan fanera, plastik qoplamali
Karkas materiali: metall profil
Profil diametri: 21 mm
Profil devori qalinligi: 1,8 mm
Qoplamasi: elektrostatik polimer-kukunli bo‘yoq
Oyoq uchlari: polietilen yopqichlar bilan yopilgan
Qo‘llanilishi: ta’lim muassasalari, o‘quv xonalari, auditoriyalar.

