• Muqova turi: Yumshoq, sifatli dizayn (koʻz shaklidagi kreativ kalit tirqishi illyustratsiyasi bilan)
• Muallif: Frida Makfadden
• Janr: Psixologik triller, detektiv, zamonaviy jahon adabiyoti
• Kimlar uchun: Triller va detektiv ishqibozlari, sirli va jumboqli voqealarni sevuvchi kitobxonlar uchun ajoyib sovgʻa.
"Yopiq eshiklar ortidan u hamma narsani kuzatib turadi..."
Dunyoga mashhur yozuvchi Frida Makfaddanning xalqaro bestsellerga aylangan "Oqsoch" (The Housemaid) psixologik trilleri endi oʻzbek tilida! Agar siz sahifalarini yopishning iloji boʻlmagan, har bir bobida kutilmagan burilishlar yashiringan detektiv asarlarni xush koʻrsangiz, ushbu kitob aynan siz uchun.
Syujet haqida qisqacha: Milli oʻtmishdagi xatolaridan soʻng yangi hayot boshlashga qaror qiladi va badavlat oilaga oqsoch (uy xizmatchisi) boʻlib ishga kiradi. U har kuni uyni tozalaydi, mazali taomlar tayyorlaydi va nafis xonalarni tartibga soladi. Ammo bu oilaning va sirli uyning eshiklari ortida dahshatli haqiqatlar yashiringan. Milli bu uyga kelgan yagona xizmatchi emas, eng muhimi — u bu yerdan sogʻ-salomat ketolmasligi ham mumkin...

Nega ushbu kitobni oʻqishingiz kerak?

