📌 Kitob nomi: O‘qing, ey ayollar!
📌 Muallif: Nadiya Ramazon
📌 Muqova: Yumshoq
📌 Chop etilgan yili: 2026
📌 Qisqacha mazmun:
💕 Ayol nafaqat kapgir va supurgi tutgan qoʻllar bilan, balki tafakkur tutgan qalb bilan yashashi kerak!
Ayol zaifa, unga bir tirgak kerak. Ammo oʻsha zaifa shaxsiyatini ham tikkalab olmogʻi, qadam bosgan yerida mahkam turmogʻi uchun unga ilm kerak.
🤎 Farzandining savollariga javob bera olishi;
🤎 Turmush oʻrtogʻining qalbiga yoʻl topishi;
🤎 Jamiyatdagi oʻzgarishlarga beparvo boʻlmay, uygʻoq ong bilan yashashi uchun ayolga ilm kerak!
Ustoz Nadiya Ramazonning ayollarni ilm o‘rganishga undovchi ushbu asari bugungi kun ehtiyojlari va dolzarb masalalar asosida yozilgan.
Muallif murojaatini asosan ayollarga qaratgan bo‘lsa-da, ilm o‘rganish borasida yoritilgan mavzular erkaklar uchun ham foydalidir. Xususan, ilm o‘rganish fazilati, ilm yo‘lidan chalg‘ituvchi omillar, ilmni nimadan boshlash kerakligi, dangasalikni yengish, vaqtdan unumli foydalanish, kitoblarni to‘g‘ri o‘qish, ilm olishning erta-kechi yo‘qligi, onlayn ta’lim kabi mavzular har bir o‘quvchi uchun ahamiyatlidir.
Kitobda har ikki mavzudan so‘ng ilm o‘rganishga doir bitta hikoya keltirilgan. Ushbu hikoyalar asarning badiiy va ma’naviy qiymatini yanada oshiradi. Qahramonlari nomlanmagan bu lavhalar “U haqidagi hikoyalar” deb ataladi va undagi “U” o‘quvchining o‘zi bo‘lishi ham mumkin.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

