Tovar tavsifi:
"Shuhrat" medali sovrindori Normurod Norqobilov o'zining badiiy iste'dodi bilan o'zbek adabiyotida muhim o'rin egallagan yozuvchidir. Uning asarlari ko'plab kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi. "Oqbo'yin" qissasida hayvonlar obrazida insoniy fazilatlar chuqur ochib beriladi. Oqbo'yin, uning onasi, Olapar, Malla, To'riqo'ng'iz itlar orqali yozuvchi hayvonlarning ham tuyg'uli mavjudot ekanini tasvirlaydi.
Asarda Oqbo'yinning yorqin ko'z yoshlari, sadoqati va boshidan kechirgan og'ir sinovlari orqali ezgulik va yovuzlik kurashi ko'rsatiladi. Bu kitob har bir inson va hayvon o'rtasidagi sof va samimiy munosabatlarni yanada chuqurroq anglashga yordam beradi.
Tovar xususiyatlari:
Kitob nomi: Oqbo'yin (qissa va hikoyalar)
Muallif: Normurod Norqobilov
Nashriyot: "Oltin qalam" nashriyoti
Turkumi: Abadiy barhayot asarlar
Sahifalar soni: 224 bet
ISBN: 978-9910-8754-9-6
UOʻK / KBK: UOʻK: 821.178.236, KBK: 84(5O)-48
Yosh cheklovi" 16+ (Katta yoshdagi kitobxonlar uchun)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O'zbekiston


