Turli xildagi pigmentatsiya, sepkil va postakne dog‘lariga qarshi kuchli oqartiruvchi ta’sir.
Pigmentatsiya, jumladan, yoshga doir va tug‘ruqdan keyingi davrda paydo bo‘ladigan dog‘larning oldini olish.
Qizarishlarni kamaytirish, tomirlar to‘ri va kuperoz belgilarini minimallashtirish, teri rangini tenglashtirish, yuzga yangi va parvarish qilingan ko‘rinish berish.
Intensiv oziqlantiruvchi va tiklovchi parvarish: terini muhim lipidlar va vitaminlar bilan to‘yintirish, terining erta qarishi va so‘lishining oldini olish, ajinlarni silliqlash, taranglik va elastiklikni oshirish, tabiiy porlashni tiklash, har tongda tetik va dam olgan teri.
Yuqori faollikka ega Premium White (Melаvoid) kompleksi barcha turdagi pigmentatsiyalarga, jumladan, yoshga doir dog‘lar, sepkillar va postakneda qarshi kuchli oqartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va qo‘llashning 10-kunidayoq* ko‘rinadigan natijani ta’minlaydi.
Alfa-ARBUTIN va TRANEKSAM KISLOTASI – pigmentatsiya va bir tekis bo‘lmagan teri rangiga qarshi kurashishda eng samarali va xavfsiz ingredientlardan biridir. Ular melanin ishlab chiqarilishini tormozlaydi (ingibitsiya qiladi), terini ochartiradi va to‘q dog‘lar paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, tomir devorlarini mustahkamlaydi, kuperoz va rozatsea holatlarida qizarishlarni kamaytiradi, yuz rangini tekislaydi.
Gialuron kislotasi terini chuqur va intensiv namlaydi, uning tarangligi va tonusini oshiradi, suvsizlanish tufayli paydo bo‘lgan ajinlarni silliqlaydi.
Vitamin C yaqqol aksiloksidant (antioksidant) ta’sir ko‘rsatadi, kollagen sintezini rag‘batlantiradi, teshiklarni (pora) toraytiradi, terining porlashini uyg‘otadi va yuzga go‘zal rang baxsh etadi.
Kokos va shirin bodomning eng qimmatli moylari terini faol oziqlantiradi, uning himoya qatlamini tiklaydi, taranglik, elastiklik va silliqlik bag‘ishlaydi.
Natija: pigmentatsiyaning ko‘rinarli darajada ocharishi, qo‘llashning 10-kunidayoq yuz rangining yaxshilanishi.
Maksimal natijaga liniyadagi vositalardan majmuali (kompleks) foydalanilganda erishiladi. Muntazam qo‘llanganda effekt to‘planib boradi va kuchayadi.

