Nashriyot: Zabarjadmedia
Muqova: Yumshoq
Dunyo sir-asrorga toʻla. Uning mo'jizalari bolajon qalbida yangidan yangi hayratlarni ochadi. Shundanmi, ularning shirin zabonlarida savollar bisyor.
Qudrat Hikmat ana shu mo'jizalarga to'la olam sirlarini oʻzining go'zal satrlari orqali she'rga soladi. Sinchkov bolajon esa misralar qatidan jumboqlarining javobini izlab topadi. Qudrat Hikmatning mazkur to'plamga jamlangan she'rlari bolajonlarimiz uchun munosib sovg'a boʻlishiga ishonamiz.

