• 100 g
Oq choy eng qimmat va tansiq choy turi hisoblanadi. Uni ishlab chiqarish uchun faqat oq tuk bilan qoplangan yosh kurtaklar va choy butasining ustki barglaridan foydalaniladi, bu undagi mavjud foydali moddalarning iloji boricha ko‘proq saqlash imkonini beradi. Qadimgi Xitoyda uni boqiylik eleksiri deb atashgan – ushbu ichimlik organizm erta qarishining oldini oladi va sog‘liqni mustahkamlaydi.
Ichimlik mineral moddalarga, B guruhi vitaminlariga, aminokislotalar, efir moylari va, albatta, choy kofeiniga boy.
Oq choy tabiiy antioksidant bo‘lgani holda organizmning tonusini oshirishga yordam beradi, chanqoqni juda yaxshi bosadi va issiq havoda bardam qiladi. Organizmni tozalaydi, immun tizimini mustahkamlaydi va kayfiyatni yaxshilaydi. Oq choyni muntazam ravishda iste’mol qilish stresslarni va depressiv holatlarni oson yengib o‘tishga yordam beradi, deb hisoblashadi, chunki u tinchlantirishga va organizmning bo‘shashishiga ko‘maklashadi.

