Nodar Dumbadze — gruzin yozuvchisi. Ilk hikoyalar to‘plami — “Qishloq bolalari” (1958). Dastlabki yirik asarlari — “Men, buvim, Iliko va Illarion” (1960) qissasi hamda “Quyoshni ko‘ryapman” (1962) romanida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloq hayoti aks etgan. “Quyosh kechasi” (1967), “Oq bayroqlar” (1972) romanlarida zamonaviy muhim ijtimoiy-axloqiy masalalar ko‘tarilgan. “Abadiyat qonuni” (1978) asarida esa insonning jamiyatdagi o‘rni, tiriklikning ma’nosi hayotiy lavhalar va obrazlar orqali yoritilgan.
Muqova: Yumshoq
ISBN: 978-9910-8672-0-0
Qog‘oz formati: A5
Tarjimon: Nizom Komilov
Betlar soni: 295
Chop etilgan yili:
Nashriyot: Dunyo Nashr
Yozuv: Lotin
Til: O‘zbek

