
Tezkor xotira yoki RAM (inglizcha: Random Access Memory, RAM) — oʻqish yoki yozish uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har doim bir vaqtning oʻzida, joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter xotirasining turlaridan biridir[1]. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.

