«Bu gulistonning bog'bonlari g'aroyib insonlar edi. Ularning sardori -
bosh muharriri o'zbek adabiyotining klassigi Asqad Muxtor edi. Ulug' inson,
ulug' adib, shafqatli murabbiy-u zoti sharif sha'niga mening ojiz bisotimdan
munosib so'z topilmaydi.
Faqat shuni ilova qilmoqni joiz bilamanki, Asqad Muxtor - adabiyot
mohiyatini to'g'ri anglagan va adabiyot xususida fikr almashmoq mumkin
bo'lgan juda kam sonli adiblar sirasiga kirardi» - davrimizning zabardast
yozuvchilaridan biri Xayriddin Sultonovning Asqad Muxtor haqidagi fikrlari
naqadar haqligini birgina «Opa-singillar» mutolaasida ham bilishingiz
mumkin.
Adibning «Oxirgi jadid» deya e'tirof etilishi ham bejiz emas. Davrning
xavotirli mavzularini shijoat bilan yoritgan yozuvchining mazkur asari
1955-yilgi nashri asosida tayyorlandi.

