Eliza va Evelina Bannerlar yillar davomida soddagina hayotda, kamtarona orzular bilan umr kechirishardi. Kunlarning birida ularning hayotiga notanish bir soatsoz kirib keladi-yu, yillar davomida bir maromda kechgan kunlar birdan o‘zgaradi. Qalblardagi so‘ngan orzular qayta jonlanib, baxtga erishish umidi tug‘iladi.
Ammo baxt sari tashlangan qadam ularni o‘zlari eng aziz deb bilgan narsalardan ayirib qo‘ymasmikan?
“Opa-singil Bannerlar” — Edit Uorton qalamiga mansub, opa-singillik rishtalari, muhabbat, fidoyilik va insonning baxtga bo‘lgan umidi haqida ta’sirchan klassik asar.
Kitob haqida:
Muallif: Edit Uorton
Nashriyot: Intellekt Books
Til: O‘zbek tili
Yozuv: Kirill
Janr: Klassik nasr
ISBN: 978-9910-5466-0-0
Qadoq: Sovg‘abop qadoqda

