Har bir narsaning o‘z badali bor. Shagren terisining bir parchasi Rafaelning chin dildan tilagan istaklarini ro‘yobga chiqaradi. Ammo har bir istak amalga oshgani sayin teri parchasi kichrayib boradi, Rafaelning umri esa shuncha qisqaradi.
Endi Rafael o‘z istaklarini jilovlashga, muhabbatdan voz kechib, hech narsani orzu qilmasdan yashashga majbur. Yosh yigit hayotini saqlab qolish uchun qalbining istaklariga qarshi tura oladimi? Ammo barcha istaklardan voz kechib yashashning o‘zi unga kerakmi?

