Ular uni xoin Keyt deb atashdi. U oliy qirolni o‘ldirmoqchi bo‘lgan xoinning qizi. Otasi qatl etilgandan so‘ng, Keyt boshqa shaharga qochib ketadi va u yerda yangi ism bilan yangi hayot boshlashga umid qiladi. Endi u xat tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi, bu oson ish emas — tungi ovga chiqqan ajdarholar yetib olgan barcha chavandoz va otlarni yeb qo‘yadi. Lekin Keyt bunday maxluqlarning ongini boshqarishga imkon beradigan sehrga ega...
Va bir kuni bu sehr uni kuppa-kunduzi ajdarlar tomonidan yo‘q qilingan karvonga olib keladi. Tirik qolgan yagona odam qirolning o‘g‘li Korvin. Uning birinchi muhabbati. Qirol otasini o‘limga hukm qilganidan so‘ng, u unutishga qasam ichgan bola...
Ularning yo‘llari yana kesishdi. Endi ular qirollik boshiga tushgan tahdidga qarshi turish va bir-birlarini qutqarish uchun o‘tmishni ortda qoldirishlari kerak bo‘ladi.

