• Yangilik, yumshoq muqova, 158 sahifa
Qo'lingizdagi to'plamga muallifning o'tgan asr 80-yillarida yozilgan hikoyalari kiritilgan. Bu asarlarda poklik va halollik yo'lida mashaqqatlar chekib kurashayotgan, e'tiqodida hamisha sobit ilg'or qahramonlarning murakkab hayoti tasvirlanadi, qalloblik, riyokorlik hamda xurofiy aqidalarning har qanday ko'rinishlari oxir-oqibatda kishini ma'naviy halokatga eltishi badiiy yo'sinda aks ettiriladi.
Xayriddin Sultonovning ''Onamning yurti''asarida ona yurtga bo‘lgan muhabbat hamda, insonning kindik qoni to‘kilgan vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘ulari juda chiroyli, jozibali ohangda aks ettirilgan bo‘lib, bu bayon usuli asarga o‘zgacha bir ruh baxsh etgan. Hikoya nihoyat onamning yurtiga jo‘nar bo‘ldik, onamning yurti kabi jumlalar bilan boshlanadi.

