Inson har doim bo‘ldi, eng og‘ir kunim shu, bundan ortig‘iga chidolmayman, bundan yomoni bo‘lmaydi, deb o‘ylaydi. Holbuki, yashashda davom etadi.
Rumiy aytganidek, bo‘lmaydi deganing hamma narsa bo‘ladi: yiqilmayman deysan, yiqilasan, hayron bo‘lmayman deysan, hayron bo‘lasan, o‘ldim deysan-u, baribir yana yashayverasan.
Asar qahramoni har yiqilganida bo‘ldi turolmayman, deb o‘ylaydi-yu, yana hayot davom etaveradi. Ammo har kimning ham bardoshi bir yergacha, bir kuni tugaydi, xuddi uning onasi kabi..🦋
Agar hayotingizning hozirgi ahvolidan norozi bo‘lsangiz, yo‘lingizni o‘zgartiring. Nolib o‘tirishdan foyda yo‘q, u hech narsani o‘zgartirmaydi, ammo boshqa yo‘l tanlash insonga jasorat beradi. Jasur bo‘ling va hikoyangizni boshidan yozing.
Muqovasi: qattiq
Sahifalar soni: 352 bet

